 2016 yilda Xitoyda 3D-printerlar sotuvi hajmi 2 barobar ortadi
|
|
O'tayotgan yilda Xitoyda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 226 foizga ko'proq, ya'ni 77 ming dona 3D-printerlar sotilgan. IDC kompaniyasi bergan hisobotda qayd qilinishicha, 2016 yilga kelib printerlarning savdosi hozirgiga nisbatan 207 foizga o'sib, 160 ming dona qurilmani tashkil qiladi.
«Bu turdagi qurilmalarni sotish bo'yicha kelgusi yilda Xitoy AQShdan o'tib ketadi, biroq narx borasida Qo'shma shtatlari keyinchalik ham lider bo'lib qolaveradi», - deya qayd etib o'tgan IDC tahlilchisi Mo Mini.
Uning so'zlariga ko'ra, Xitoy hozircha qimmat 3D-printerlarni sotib olishga tayyor emas. Shu boisdan uning narxi Xitoyda hozircha 5 ming dollardan oshmaydi. Shu sababdan yuqori texnologik modellar uchun AQSh asosiy bozor bo'lib qolaveradi.
IDC hisobotida yozilishicha, 2020 yilga kelib 3D-printerlarning Xitoydagi savdosi yiliga 440 ming donani tashkil qilishi kutilmoqda. Bunda uning ishlab chiqarish kuchini modernizatsiya qilish zarur bo'ladi.
Ma'lumot uchun, hozirgi kunda mazkur qurilma aerokosmik, tibbiyot va avtomobil sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Tez orada musiqa asboblari va kiyimlar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilishi kutilmoqda.
|
Категория: XXI asr tehnologiyasi| Просмотров: 208
|