 2017 yilda SSD-disk va qattiq disk narxi deyarli tenglashadi
|
|
DRAMeXchange mutaxassislarining kuzatuvlari SSD-disk narxi 3 yil davomida uzluksiz ravishda arzonlashib kelayotganini ko'rsatdi. Ularning taxminiga ko'ra, 2017 yilga kelib 1 GB SSD-xotira shu hajmli qattiq diskdan bor-yo'g'i 11 tsentga qimmatroq bo'ladi.
Bu foydalanuvchilar deyarli qattiq disk narxiga teng bo'lgan va unga nisbatam tezkor, ishonchli, elektroenergiyaga tejamli hamda shovqinsiz xotira qurilmasi sotib olish imkonini beradi.
Shuningdek, DRAMeXchange 4 chorakdan buyon SSD-disk narxi 10 foizga arzonlashib borayotganini ma'lum qilishdi. 2012 yilda SSD-diskda 1 GB xotira 99 tsent turgan bo'lsa, 2015 yilga kelib 39 tsentga tushgan.
|
Категория: XXI asr tehnologiyasi| Просмотров: 133
|