 Angliya Liga kubogining yarim finali uchun qur'a tashlandi
|
|
Angliya Liga Kubogining yarim finaliga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, "Everton" "Manchester Siti"ga qarshi to'p suradi. "Stok Siti" esa "Liverpul" bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

"Everton" - "Manchester Siti"
"Stok Siti" - "Liverpul"
Eslatib o'tamiz, kecha bir o'yindan iborat chorak final bosqichida "Liverpul" "Sautgempton" uyidan 6:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytib, yarim finalga chiqdi.
Reglamentga ko'ra, yarim finalda 2tadan o'yin (uy va safar) o'tkaziladi. Birinchi o'yinlar 2016 yilning 4 yanvar kunida, javob o'yinlari esa 25 yanvar kunida bo'lib o'tadi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 120
|