4-turning birinchi kuniga “Real Madrid”- PSJ, “Shaxter” – “Malme”, “Manchester Yunayted” – SSKA, PSV – “Volfsburg”, “Astana” – “Atletiko”, “Benfika” – “Galatasaroy”, “Borussiya M” – “Yuventus”, “Sevilya” – “Manchester Siti” belgilangan.
"A" guruhi
00:45 “Real M” – PSJ

Bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida hisob ochilmagandi. O'sha uchrashuvdan muxlislar ko'p narsa kutishgandi. Lekin amalda kutilgan o'yinni kuzatganimiz yo'q. Endi bu gal ham mazkur bellashuvdan muxlislar boshqacha qarshilikni kutishmoqda. Qolaversa, “qirollik klubi”da jarohat olganlar safga qaytishdi. Bu esa jamoani kuchaytirishi kutiladi. Lekin parijliklar ham Madridga shunchaki rasmiyatchilik uchun kelishmagan.
00:45 “Shaxter” – “Malme”

3-turda ham o'zaro o'yin o'tkazgan “Malme” o'sha va “Shaxter” o'yinida mezbonlar g'alaba qilgandi. Inqiroz davridagi “konchilar” o'z uylarida “Malme”dan qasos olishga harakat qilib ko'rishadi. Jamoa hozircha turnirda ochko olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
"V" guruhi
00:45 “Manchester Yunayted” – SSKA

Ushbu jamoalarning birinchi uchrashuvida muxlislar ikki taymda 2 xil o'yin guvohi bo'lishgandi. Birinchi bo'limda maydon egalari ustunroq harakat qilishgan bo'lsa, ikkinchi taymda “MYu” vaziyatni o'z tomoniga og'dira olgandi. O'yin qalin tuman ichida bo'lib o'tishi ham mumkin, ayni vaqtda Angliya rosmanasiga "tumanli albion"ga aylangan.
00:45 PSV – “Volfsburg”

“Volfsburg” o'tgan mavsum Bundesligada ko'rsatgan o'yinini namoyish eta olmayapti. Lekin ЕChLda jamoaning ishlari yaxshi ketmoqda, "bo'rilar" guruhda 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
"S" guruhi
20:00 “Astana” – “Atletiko”

“Astana” bosh murabbiyi asosiy e'tiborini ichki chempionatga qaratgan. O'z imkoniyatlariga to'g'ri baho bergan mutaxassis mamlakat birinchiligidagi o'yinlarga urg'u bergan holda ЕChLning oldingi turida Madridga etakchi futbolchilarini olib bormagandi. Qozog'istonliklar murabbiyi endi qanday yo'l tutadi? O'z maydonidagi uchrashuvda ham tajribali o'yinchilarini asrab qo'yib, boshqalarga imkoniyat yaratib beradimi yoki yo'q, buni tezda bilib olamiz.
00:45 “Benfika” – “Galatasaroy”

Mazkur qarama-qarshilik borasida turli taxminlar bildirilmoqda. Ayni vaqtda "Galatasaroy" kuchli o'yinlar namoyish etmayapti, lekin tarkibda kuchli futbolchilar jamlangan.
"D" guruhi
00:45 “Borussiya M” – “Yuventus”

O'tgan yili ajoyib mavsumni o'tkazgan “Yuventus” bu yil A-seriada ko'ngildagidek ishtirok etmayapti. Lekin ЕChLning amaldagi finalchisi bu turnirda ham yaxshi natijalar qayd etmoqda. Faqatgina oldingi turda o'z uyidagi “Borussiya M” bilan durang bundan mustasno. Ko'ramiz, “Yuventus” turindagi hisobni tasodif ekanligini Germaniya isbotlay olarmikan?
00:45 “Sevilya” – “Manchester Siti”

Manchesterdagi bellashuvda maydon egalari qiyin ammo muhim g'alabani qo'lga kiritishgandi. Ammo ispaniyaliklar hali o'z so'zlarini aytmadilar deb umid qilamiz. “Sevilya” uyida boshqacha o'yin ko'rsatishini barcha juda yaxshi biladi.