 Antoni Marsyal — «Manchester Yunayted»ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
|
|
Hujumchi Antoni Marsyal "Manchester Yunayted" jamoasi tarkibida eng yaxshi futbolchi deb tan olindi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Oyning eng yaxshi o'yinchisini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada Marsyal 69% ovoz to'plab, ishonchli tarzda Kris Smolling va Deyli Blindni ortda qoldirgan.
Frantsiyalik futbolchi 2015 yilning so'nggi oyida o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va “Volfsburg” (2:3) va “Norvich”ga (1:2) qarshi bahslarda golga mualliflik qilgan.
Manba: uff.uz
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 158
|