 Apple Android bilan raqobat qilish uchun 400-500 dollarlik hamyonbop smartfonlar chiqaradi
|
|
Apple kompaniyasi 2016 yil boshida Apple Pay’ni qo'llab-quvvatlaydigan 4 dyuymli iPhone taqdim etishni rejalashtirgan. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Smartfon A9 protsessori va metall korpusga ega bo'ladi. Old qismida oyna iPhone 6s kabi chetga qayrilgan ko'rinishda bo'ladi. Uning avvalgi smartfonlardan yana bir farqli tomoni unda 3D Touch funktsiyasi mavjud emas.
Smartfon o'rta hajmga ega bo'lgan hamyonbop narxda bo'ladi va bu kompaniyaga Android smartfonlari bilan raqobat qilish imkonini beradi. Yangi smartfonning narxi 400-500 dollar atrofida bo'ladi.
|
Категория: Mobil telefonlar dunyosi| Просмотров: 139
|