 As: «Chelsi» yozda Krishtianu Ronalduni xarid qilishga urinib ko'radi
|
|
«Chelsi» mavsum yakunlanganidan keyin «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi uchun «PSJ» ham kurashmoqda.
As nashri tarqatgan ma'lumotda aytilishicha, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan londonliklar xo'jayini Roman Abramovich qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Krishtianuning o'zi ham Joze Mourino bilan yana birga ishlashga qarshi emasligini yaqinda bergan intervyularidan birida ta'kidlab o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 107
|