 "Bavariya"ning sobiq prezidenti muddatidan oldin qamoqdan chiqishi mumkin
|
|
"Bavariya" jamoasining sobiq prezidenti 63 yoshli Uli Xyoness 2016 yilning 2 mart kunidayoq qamoqdan chiqishi mumkin. Bu haqda Sport1 xabar bergan.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilning 13 mart kuni Myunxen sudi Xyonessni soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashda aybdor deb topib, 3,6 yillik qamoq jazosiga hukm qilgadi. Jarayon ayblovchisi "Bavariya"ning sobiq prezidenti davlatdan 27,2 million evro "urib" qolganini aytgan.
Manbada yozilishicha, Xyoness tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilgan.
Ayni vaqtda Xyonessga haftaning 5 kunida kunduzgi vaqtlarda qamoqdan tashqariga chiqish imkoni mavjud.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 117
|