1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
BOLLIVUD AKTRISASI DIVYA BXARTI FOJIASI TAFSILOTLARI
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 259
poster

“O`ldiraman!” Millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan “Devona” filmidagi ushbu xitob va uning maftunkor sohibasini hind kinosi muxlislari aslo unutolmasa kerak.

 ...1990 yillarning boshida Bollivudda yangi “yulduz” charaqlay boshladi. Uning “nur”i ko`zni qamashtiradigan darajada edi. Divya Bxartining boshni aylantiradigan miqyosdagi mashhurligiga hamkasblari birdek havas qilardi. Biroq Divyaning omad qushi kutilmaganda o`z o`rnini noxushlikka bo`shatib berdi. U 19 yoshida beshinchi qavatdagi uyining oynasidan tushib, jon berdi. Bollivuddagi ko`pchilik “uni kimdir tashlab yuborgan”, degan fikrda...

Divya qulagan vaqtida uyda uch kishi: dizayner Nita Lulla, ruxshunos Shyam (Nitaning turmush o`rtog`i) va oqsoch Amrita bo`lgan. Oqsoch bolaligidan aktrisa bilan yaqin bo`lgan. Divyaning o`limidan so`ng Amrita kuchli depressiyaga tushib, hatto odamlar bilan muloqot qilmay qo`yadi.

Qora tun...

 1993 yilning 5 apreli, soat 23:00. Mumbaining g`arbida joylashgan “Tulsi” nomli turar joyining 5 qavati. Aktrisa bir necha soat avval rieltorlar bilan uchrashuvdan qaytgandi. Chunki ota-onasiga uy olib berish rejasi amalga oshish arafasida edi. Uzoq qidiruvdan so`ng va nihoyat 4 xonali uy topganidan kayfiyati chog` Divya ukasi Kunalga qo`ng`iroq qilib, muvaffaqiyatli shartnomasi haqida qayta-qayta gapirib beradi.

Divya Chennaydagi suratga olishdan qaytgan, o`sha oqshom galdagi filmda tasvirga tushish uchun Xaydarobodga jo`nashi lozim edi. Biroq yangi uy shartnomalarini yakuniga etkazib ketishni istaydi. Qolaversa, Xaydaroboddagi prodyuserga qo`ng`iroq qilib, chap oyog`i lat eganini aytib, u erga bir kun kechikib borishini aytadi. Kutilmaganda aktrisaga qo`ng`iroq qilib, Nitta Lulla va uning turmush o`rtog`i bilan uchrashishi kerakligini aytishadi. Va ular Divyaning uyiga kelishadi.

Aytib o`tish joiz, aktrisa yashagan turar joy boshqa odamning nomida bo`lgan. Divya tez orada Mavrikiydagi filmda ishtirok etish uchun uchib ketishi rejalashtirilgan. U kinokartinaning dizayneri Nita edi. Mazkur suratga olish ishlaridan so`ng yangi uyiga ko`chib o`tishni rejalashtirgandi. O`sha oqshom aktrisa qattiq hayajonda bo`lgan.

Nita va Shyam tungi 22:00da Divyaning uyiga kelib, mehmonxonasidan joy oladi. Stolda vino va viski bo`lgan. Oqsoch gazak tayyorlagani oshxonaga chiqqan. Nita eri bilan videomagnitofonni qo`yib, nimadir ko`rish bilan band. Divya mehmonxonadan turib, oshxonadagi oqsoch bilan suhbatlashardi. Ta`kidlash joiz, mehmonxonada balkon bo`lmagan. Biroq qiya ochilgan katta oyna bor edi. Kompleksning pasti mashinalar uchun turar joy edi. Lekin o`sha kuni pastda birorta ham mashina  bo`lmagan.

Divya nima sababdan oynaga chiqqani noma`lum. Biroq muvozanatni yo`qotib, beshinchi qavatdan betonga tushgani aniq. Aktrisani shifoxonaga olib ketishayotganida tirik bo`lgan. Divya jonlantirish bo`limida vafot etgan. O`lim sababi qilib esa ensa qismidagi jarohati sabab, og`ir ichki qon ketish ko`rsatilgan. Bosh suyagi bir necha eridan singan.

Milisiya haligacha “aktrisani oynaga chiqishga nima majbur qilgan?” degan savolga javob topa olgani yo`q. Lekin Divyani yaxshi bilganlar uning bu ishidan hayratlanishmadi. Chunki aktrisa xavfli tryuklar qilish ishqibozi bo`lgan ekan. Divyaning galdagi tryuki hayotining so`ngi nuqtasi bo`ldi... 

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0