«Chelsi» jamoasi 5 dekabr oqshomida Ctemford Brijda o'tkazilgan 15-tur uchrashuvida «Bornmut»ga yutqazib qo'ydi (0:1).
O'yinning 82-daqiqasida Myurrey tomonidan urilgan gol, yakunda mehmonlarga g'alabani taqdim etdi.
Shunday qilib, «Chelsi» so'nggi 41 yil ichida amaldagi chempion sifatida dastlabki 15ta o'yinning 8tasida mag'lub bo'lgan dastlabki klubga aylandi.
«Chelsi» ustozi Joze Mourino dastlabki 250ta uydagi o'yinda 5ta mag'lubiyat qayd etgandi. Joriy mavsumdagi so'nggi 7ta uchrashuvda esa 4 bor mag'lubiyatli o'yin o'tkazildi.
Ayni vaqtda jamoa 15 uchrashuvdan 15 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 14-o'rinida qolmoqda.
Angliya chempionati, 15-tur Chelsi – Bornmut 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Myurrey.
Chelsi – Kurtua, Zuma, Baba (Traore, 83), Ivanovich, Keyxill, Azar, Villian, Oskar (Diego Kosta, 46), Fabregas (Remi, 83), Pedro, Matich.
Bornmut – Boruts, Kuk, Deniels, Frensis, Smit, Arter, Ritchi, Stanislas, Gosling, King (Myurrey, 80), Serman.
Ogohlantirishlar: Pedro (21), Serman (23), Diego Kosta (63).