 "Chelsi" Azar uchun narx belgiladi
|
|
Londonning "Chelsi" jamoasi belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar bilan shartnomasini 84,2 mln funt evaziga bekor qilishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda fichajes.net xabar tarqatgan.
Biroz oldinroq, ushbu futbolchiga "Real" jamoasidan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Londonliklarning futbolchi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda Azar "Chelsi" bilan 21 uchrashuvda ishtirok etdi va atigi bitta gol urib, 2ta golli uzatma amalga oshirdi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 152
|