 Chevrolet Cobalt’ning tashqi ko'rinishi o'zgaradi
|
Chevrolet kompaniyasi bir necha oylar muqaddam Rossiya bozoridan chiqib ketgan Opel brendining Camaro, Corvette, Tahoe rusumlarinigina ushbu mamlakat bozorida qoldirgan edi. Shu bilan birga, 2016 yildan Rossiya bozoriga restaylingdan o'tkazilgan Cobalt qaytishi mumkinligi aytilmoqda. Mashinaning ilgarigi modeli bu bozorda etarlicha mashhurlikka ega bo'la olmagan edi.
Aytilishicha, Cobalt Rossiyaga Ravon R4 nomi ostida qaytadi. Uning O'zbekistonda ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.
Braziliyaning Autos Segredos nashri yozishicha, mashina dizayni keskin o'zgaradi. Radiator panjarasi, frontal va orqa optika hamda bamperlar tamoman yangilanadi. Tashqi zeb berishda xromdan ko'proq foydalaniladi. Intererga esa tegilmaydi, faqat salon qulayliklariga sensorli displey hamda orqa ko'rinish kameralariga ega MyLink II multimediya tizimi qo'shiladi.

Braziliyada ishlab chiqarilgan Cobalt’da ham, Ravon R4 sedanlaridan ham bittadan benzin dvigateli bo'ladi. O'zbekistondan Rossiyaga etkaziladigan modifikatsiyada ilgarigidek 105 ot kuchiga ega 1.5 l li motorga ega bo'lsa, Braziliyada mijozlarga 1.8 li 4 tsilindrli 110 ot kuchiga ega atmosferali dvigatellar taklif etiladi.
Mashina LTZ va Elite komplektatsiyalarida chiqadi
|
Категория: Avtomobil olami| Просмотров: 135
|