1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Chimkentda 1 xonali uyda turgan 12 kishilik oilaning muammolari ko'tarildi
Категория: Yurtimiz yangiliklari| Просмотров: 241
poster

Qozog'iston matbuoti ko'p bolali oilalardan birining uy-joy muammolarini ko'tarib chiqdi. Aytilishicha, Chimkentning Intimoq tumanida istiqomat qiluvchi oilada 10 nafar farzand bo'lib, ularning eng kattasi 15 yoshda, eng kichkinasi esa 5 oylikdir.

Aytilishicha, bolalar dars tayyorlashga joy topa olmaydi, butun oila ovqatlanishi uchun esa har safar uch marta ketma-ket dasturxon yozishiga to'g'ri keladi.

10 farzandni dunyoga keltirgan 28 yoshli Qarlig'och Dariboeva “Ona dong'i” ordeniga ega bo'lganiga qaramay, u hanuz oilasi bilan bir xonali uyda yashab kelmoqda. Bu uy ham ularga tegishli bo'lmay, bepul bo'lgani uchungina turishibdi.

Katta qizlar ota-onasi bilan bir xonada yotishdan hijolat bo'la boshlagan, kichkinalar o'ynashga joy topa olmayapti, 5 oylik go'dak esa tinimsiz yig'laydi, deb tasvirlaydi ahvolni jurnalist.

“Sutim qochib ketdi. Bolaga sun'iy aralashmalar bermoqdamiz. Uch kun muqaddam u ham tugadi, endi unga shirin nonni suvga botirib beryapmiz”, - deydi ayol.

Uyda isitish tizimi ishlamagani uchun allaqachon sovuq tushgan, bolalarning deyarli barchasi shamollagan.

13 yoshli Guldenning tan olishicha, ayni paytda ota-onasi ularga hatto dars tayyorlash uchun daftar sotib olib bera olmaydi. Uning singlisi Ravona esa nafaqat ovqatlanishda, balki kiyinishda ham navbatga turishlarini, bitta libosni almashtirib kiyishlarini aytdi.

Kam ta'minlangan oilaga beriladigan nafaqa 20 ming tengeni tashkil qiladi. Qorovul bo'lib ishlaydigan oila rahbarining maoshi 40 ming tenge. 60 ming tenge Chimkent shahrida 12 kishidan iborat oilani boqishga kamlik qiladi.

2012 yilda oila uy olish uchun navbatda turgan edi. Xonadon masalasi 2015 yilda hal qilinishi va'da etilganiga qaramay, masala hal bo'lmay qolib ketdi.

Chimkent shahar hokimiyati uy-joy sektori mudirasi Gulnor Qudoyberganqizining aytishicha, ushbu oila ijtimoiy muhofazaga muhtoj 11 toifadan biriga mansub.

“Bu toifa vakillaridan 7 600 nafari uy olish uchun navbatda turibdi. Hozir 1987-1990 yillarda ro'yxatga olinganlarning navbati keldi. Qarlig'och Dariboeva esa 2012 yilda navbatga turgan”, - tushuntirdi u.

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0