 Di Kaprio postapokaliptik filmga prodyuserlik qiladi
|
|
Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio yoshlarga mo'ljallangan postapokaliptik filmga prodyuserlik qiladi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri yozmoqda.' Gap Kayla Olsonning “Qum saltanati” kitobini yekranlashtirish xususida ketmoqda.
Prodyuserlardan biri Di Kaprioning Appian Way kompaniyasi bo'yicha sherigi Jennifer Devisson bo'ladi.Kitobda yekologik muammolar ko'tarilgani Di Kaprioning qiziqishiga sabab bo'lgan.
Syujetga ko'ra, 2049 yili Yerda iqlim o'zgarishi keskin burilish pallasiga kiradi, qirg'oq hududlarini suv bosgani va aholi ko'payib ketgani bois kelib chiqqan to'polonlarda radikal guruh hokimiyatni yegallaydi. Bosh qahramon qiz mehnat lageridan qochib ketib, otasini qidiradi, shuningdek, rejimga qarshi kurash olib boradi.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 203
|