 Doom kompyuter o'yinining yangi qismi 13 mayda sotuvga chiqadi
|
|
Bir vaqtlar mashhur bo'lgan Doom kompyuter o'yinining yangi qismi 13 mayda sotuvga chiqadi, deb xabar bermoqda VentureBeat nashri.
O'yinning sotuvga chiqishi sanasi uning treylerida ko'rsatilgan. O'yinga hozirdayoq buyurtma berish mumkin. Shuningdek, o'yinning kollektsion nashriga 120 dollarga buyurtma berish mumkin. Bu nashrga stilbukdagi (eksklyuziv quti) o'yin diski va revenantning (o'yindagi yovuz kuchlardan biri) aylanuvchi taglikdagi 30 sm li haykalchasi kiradi.
|
Категория: INTERNET yangiliklari| Просмотров: 165
|