ЕChL, D guruhi: "Manchester Siti" birinchi, "Yuventus" ikkinchi bo'ldi
"D" guruhida so'nggi tur uchrashuvlari Manchesterning "Manchester Siti" va Menxengladbaxning "Borussiya" hamda Ispaniyaning "Sevilya" va Italiyaning "Yuventus" jamoalari o'rtasida o'tkazildi.
Birinchi uchrashuvda inglizlar 4:2 hisobida g'alabaga erishdi."Sevilya" va "Yuventus" qarama-qarshiligida esa ispanlarning qo'li baland keldi. O'yindagi yagona gol "Yuventus" darvozasiga jamoaning sobiq futbolchisi Fernando Lorente tomonidan urildi.