1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Ehtiyot bo'ling: “ekranvandlik” kasalligi
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 158
poster

Quyidagi ma'lumotlarga e'tibor bering: 8 yoshdan kichik bolalar kuniga 2 soat monitorga tikilishadi. O'smirlar (8 yoshdan 18 yoshgacha) —7,5 soat. Kattalar esa kuniga o'rtacha 8,5 soat ko'zlarini ekrandan uzishmaydi. 

“Kleiner Perkins Caufield & Byers” kompaniyasining tadqiqotlariga qaraganda, biz yangi xabarlar, yangiliklar va boshqa ma'lumotlarni bilish uchun telefonimizni kuniga 150 marta tekshiramiz. “Time” jurnali o'tkazgan xalqaro so'rovdan ma'lum bo'lishicha, so'rovda ishtirok etganlarning har to'rttadan bittasi telefonini har yarim soatda, beshtadan bittasi esa har 10 daqiqada tekshirar ekan.

Bu ma'lumotlar nimadan darak beradi? Insoniyat yangi texnologiyalar asrida yangi kasallik – “ekranvandlik”ka chalinishmoqda.

Amerikaning yirik radiostantsiyalaridan biri “WYNC” qiziq xulosaga keldi: insonning umumiy ijodkorlik darajasi pasayib bormoqda, chunki zamonaviy insonlarning zerikishga vaqtlari yo'q! Buyuk g'oyalar va kashfiyotlar aynan vaqtni o'tkazadigan hech narsa yo'qligi uchun paydo bo'lgan. Hozirda esa odamlar muntazam ravishda veb-sahifalarni varaqlab o'tirishadi yoki smartfonlarida nimalarnidir yozishadi. Smartfonlarda taqdim etiladigan ayrim xizmatlar esa hattoki alkogol yoki sigaretdan ham ko'ra kuchliroq ta'sir o'tkazadi va insonni unga ruju qo'yishga majbur qiladi. 

Smartfonlardan ko'z uza olmaslikning sababi nafaqat ilovalarning insonni o'ziga jalb etishida, balki “elektron majburiyatlarni bajarish”ning vaqt talab qilishida hamdir. Masalan, yangi dasturiy ta'minotni yuklash va o'rnatish (o'tgan yili “Chrome” tizimni 8 marta yangiladi, “iTunes” esa 9 marta), parolni o'zgartirib turish, xabarlarni ko'rish (“Quora” saytining faol foydalanuvchilari kuniga 150-500ta xabar olishadi) ma'lum vaqtni oladi.

Qimmatli vaqtimizni, sog'ligimizni, e'tiborimizni tortib olayotgan bu matohlardan qanday qutulsa bo'ladi? Buning bir nechta yo'llari bor. Uyda yoki ishda sevimli qurilmangizni yoningizga qo'ymang. Uzoqroqda tursin. Shunda har besh daqiqada uni tekshiravermaysiz.

Yana bir oddiy yo'li esa telefonni cho'ntakda emas, sumkada olib yurishdir. Kechqurun telefon karavotingiz yonida turmasa, uni qo'lingizga kamroq olasiz.

Ekranga ruju qo'ygan insonlarga yangi texnologiyalar yordamga kelmoqda: “Unroll. me” servisi avtomatik ravishda barcha kiruvchi xabarlarni yig'ib, bitta faylga aylantirib beradi va har bir xabarni ochish uchun vaqtingizni sarflab yurmaysiz. “Carousel” ilovasi avtomatik ravishda fotosuratlarni yuklaydi va telefonda joyni tejash uchun o'chirib turadi.

“IFTTT” ilovasi ham beminnat yordamchi. Siz o'zingizga qulay avtomatik vazifalarni moslashtirib olishingiz mumkin. Masalan, telefon sizning qaerda ekanligingizni aniqlaydi va ishxonangizdan chiqishingiz bilan avtomatik ravishda uydagi telefonga “Ishxonadan uyga ketyapman” degan mazmunda xabar yuboradi. 

“Android” foydalanuvchisimisiz? Sizga “Trigger” ilovasi yordam berishi mumkin — turli triggerlar har xil vazifalarni bajarish vaqti bo'lganini bildiruvchi signal berib turadi. 

Smartfon ekraniga tikilishga ruju qo'yganlar o'z odatlaridan qutulishlari oson bo'lmaydi, lekin agar ekranga kamroq tikilsalar, o'z yaqinlari va atrofidagilar uchun ko'proq vaqtlarini ajrata oladilar, harflar yordamida emas, jonli tarzda, yuzma-yuz suhbat qura oladilar. Aytishadi-ku, “mehr ko'zda” deb.

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0