1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Eng antiqa san'at asarlari
Категория: Dunyo G'aroyibotlari| Просмотров: 254
poster

Ispaniyalik rassom David Kata o'z tanasiga tarjimai holini bitadi — hayotida muhim o'rin tutgan insonlar: qarindoshlari, yaqinlari, ustozlari, xullas, unga ta'sir o'tkazgan kishilar suratlarini chizadi.  

Ulkan (100 000 kvadrat metrdan oshiq) lend-art-ob'ekt bo'lgan “Sahro nafasi” Sahroi Kabirda joylashgan. “D.A.ST.Arteam” jamoasi 8000 kub metr qumdan konuslar barpo etishgan, ularning markazida esa diametri 30 metrli suv havzasi bor. “Sahro nafasi”, ayniqsa, yuqoridan qaraganda chiroyli ko'rinadi.

Frantsuz fotografi Zakari Godriyo-Rua arxitekturani yupqa bo'laklarga bo'ladi. Binolardan ikki o'lchamli yuza qoladi.

Vest-Indiya orollari sohilida haykaltarosh Jeyson de Kleyrs Teylor “MUSA” (Museo Subacuatico de Arte) deb nomlanuvchi suvosti badiiy muzeyini ochdi. Suv ostida uning ijodiga mansub 500 dan ortiq haykal joylashgan.

Kaliforniyadagi “Coachella” festivali ishtirokchilarini balandligi 11 metrli fazogir kutib oldi. “Poetic Kinetic Inc.” kompaniyasi mahsuli bo'lgan bu fazogir harakatlana oladi. 

Frantsuz haykaltaroshi Polo Granjon 2008 yildan buyon pape-mashedan tayyorlangan 1600 ta panda tasvirini olib yuradi va turli yodgorliklar oldida ularni suratga oladi. U 20 dan ortiq mamlakatga sayohat qilgan. 1600 raqami bejiz emas, dunyoda hozirda shuncha dona panda qolgan.

“Redball Project” — nyu-yorklik rassom Kurte Pershkening “Qizil shar” deb nomlangan loyihasi 2001 yildan beri dunyo bo'ylab sayohatda. Diametri besh metr bo'lgan puflama to'p Abu-Dabi va Barselonada, Taybey va Torontoda, Sidney va Parijda bo'lgan.

Britaniyalik haykaltarosh Robin Vaytning sevimli mavzusi qizlar va momaqaymoqlardir. U po'lat simlardan tayyorlagan asarlarida aynan shu ikki mavzuni ko'tarib chiqadi. Uning bir nechta asari Buyuk Britaniyadagi “Trentham Gardens” parkidan joy olgan.

Shveytsariyalik aka-uka Frank va Patrik Riklin butun dalani laxtaklardan tayyorlangan ulkan choyshabga aylantirishmoqchi. “BIGNIK” deb nomlanuvchi bu loyihada mahalliy aholi qatnashmoqda: ular uylaridagi sochiq, dasturxon, yopinchiq va shu kabi matolarni aka-ukalarga berishmoqda. Bu suratda loyihaning 4 foizi tayyor bo'lgan holati aks etgan. 

Yaponiyalik rassom Makoto Adzuma fazoga guldasta va bonsay ko'chatini uchirdi. So'ngra esa bu o'simliklarning suratini oldi. Buning uchun rassom “JP Aerospace” kompaniyasi bilan hamkorlikda stratosferaga geliy to'ldirilgan sharlar yordamida o'simliklar va fototexnikani uchirdi.

Londondagi Tauer jarligini 888 246 dona qirmizi rangdagi keramik qizg'aldoqlar to'ldirdi. Rassom keramist Pol Kamminsning “Blood Swept Lands and Seas of Red” deb nomlangan bu loyihasi Birinchi jahon urushi boshlanganligining yuz yilligiga bag'ishlandi. 888 246 — aynan shuncha nafar britaniyalik askarlar urushdan qaytmagan.

Tonop (Nevada)da Jon Gerrard 10 000 ta ko'zgudan iborat haykal barpo etdi. Ularda aks etgan quyosh nuri quyosh energiyasini elektrga aylantiruvchi termal batareya minorasi uchiga yo'naltiriladi. 

Katarina Grosse temir yo'li bo'ylab cho'zilgan daraxtlar, butalar, tashlandiq binolarni turli ranglarga bo'yab Filadelfiya manzarasini ifodalaydi. Bu asarni poezdda ketayotganda tomosha qilgan ma'qul.

Frenk Geri loyihasi asosida Parijdagi Bulon o'rmonida olti yil davomida qurilishi olib borilgan “Louis Vuitton” jamg'armasining binosi foydalanishga topshirildi. Ichkarida 350 kishiga mo'ljallangan auditoriya, kitob magazini, restoran va boshqa ko'plab majmualar bor.

Vengriyalik haykaltarosh Gabor Miklosh Seke Budapeshtda ulkan burgut haykalini yasadi. Qanotlarining uzunligi 16 metr, balandligi 8 metr, og'irligi 15 tonna bo'lgan bu qush 15000 ta po'lat prizmalardan iborat.

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0