 Erkin Komilov nega Rustam Sa'diev bilan tortishib qolganini aytdi
|
|
O'zbekiston xalq artisti Erkin Komilov nega Rustam Sa'dievning filmlarida ishtirok etmayotganining sababini oshkor qildi. Uning intervyusi “Darakchi” gazetasida bosilib chiqdi.
Rustam Sa'dievning “O'gay ona” filmidagi ishtirokini eslar ekan, Erkin Komilov shunday dedi:
“Shu film uchun arzimas gonorar yozib bergan. O'shanda qo'ng'iroq qilib, “Mehnatim singgan, bergan gonoraring kam-ku?” deganimni bilaman, o'dag'aylab “Sizni qaytib filmlarimga taklif qilmayman!” degan. “Unda ochimdan o'lar ekanman-da”, degandim. Mana rejissyorning aktyorga munosabati”.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 120
|