 ESPN: “Real” yozda yoki Ronalduni yoki Beylni sotib yuboradi
|
|
Madridning “Real” jamoasi kelgusi yozda yoki yarim himoyachi Garet Beylni yoki hujumchi Krishtianu Ronalduni sotishi mumkin, deb xabar bermoqda ESPN.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga qaytish yoki “PSJ”ga o'tish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Ronalduning agenti Jorje Mendesh frantsuz klubi bilan muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan.
“MYu” esa, o'z navbatida Beyl bilan qiziqmoqda. Futbolchi esa “Real”ga moslasha olmagani, Madrid hayotiga ko'nikolmagani va jamoadagi boshqa futbolchilar bilan do'stona aloqa o'rnata olmagani bois “MYu” tarkibiga borib qo'shilishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.
Ronalduning “Real” bilan shartnomasi 2018 yilgacha amal qiladi, Beyl bilan shartnoma esa 2019 yilgacha tuzilgan.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 119
|