Еtim qolgan koala videooperatorni quchoqlashga tushib ketdi
Avstraliyada etim qolgan Imojen laqabli koala videooperatorni quchoqlashga tushib ketdi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. Koalani Xelensburgdagi Symbio yovvoyi hayvonot bog'i xodimlari Kayli Elliot va Mett Rednijlar boqmoqdalar. Ular koalani uning onasi leykemiyadan (oqqon kasalligi) o'lgandan keyin o'zlariga olganlar. Shuning uchun koala odamlarga o'rganib qolgan.
Imojen yangi joyga kelganda hayvonot bog'i hududida suratga olish ishlari borayotgan edi. Koala avval daraxtni “tekshiruvdan o'tkazgan”, keyin esa operatorni quchoqlashga tushib ketgan. “Hoy, hammasi joyida”, deb Imojenni tinchlantirishga urindi operator.
9news.com.au saytining ma'lum qilishicha, koalaning operatorni quchoqlayotgani tasvirlangan video YouTube videoportalida ommalashib ketdi.