 Еva Karneyro Mourinoni sudga beradi
|
|
"Chelsi" klubi sobiq shifokori Еva Karneyro jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino ustidan sudga shikoyat beradi. Bu haqda Press Association nashri xabar tarqatdi.
Manbada yozilishicha, shifokor klubga nisbatan da'vo arizasini bermaydi. Sud jarayonida uning faqat Mourinoga nisbatan shikoyati ko'rib chiqiladi.
Karneyroning ishdan bo'shatilishi va uning huquqlari poymol bo'lishida faqat Mourino aybdorligi isbotlansa, murabbiyga nisbatan jazo qo'llanilishi mumkin.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 187
|