 Floridada 20 yil ichida ilk marta ayiq ovlashga ruxsat berildi
|
|
25 oktyabr kuni AQShning Florida shtatida keyingi 20 yil ichida ayiq ovlashga ruxsat berildi.
Tirik tabiatni muhofaza qilish bo'yicha komissiya ov qilish huquqiga ega ovchilarga jami 320ta ayiqni ovlashga ruxsat bergan.
Hukumat vakillarining aytishicha, bundan maqsad yovvoyi yirtqichlarning haddan tashqari ko'payib ketishining oldini olish hisoblanadi.
Jonivorlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar esa shtat ma'muriyati birinchi navbatda aholi turar joylarida chiqindilar to'planmasligini nazorat qilishni so'rab, shunday qilinsa ayiqlar aholiga xavf tug'dirmasligini ta'kidlashmoqda.
Ayiqlarni ovlash mavsumi bir haftada (belgilangan 320ta ayiq limiti to'ldirilgunicha) yakunlanishi kutilmoqda.
O'rnatilgan qoidaga ko'ra, ovchi o'zi otgan o'lja haqida 12 soat ichida 33ta maxsus stantsiyalardan biriga xabar berishi kerak bo'ladi. Qoidadan chetga chiqqanlarga nisbatan 50 dollardan 500 dollargacha jarima, shuningdek 60 kunlik qamoq jazosi qo'llanishi aytilgan.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 129
|