 Forbes yilning eng serdaromad musiqachilari nomini e'lon qildi
|
Amerikalik qo'shiqchi Keti Perri Forbes jurnalining eng ko'p pul ishlagan musiqachilar reytingida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2015 yilda u 135 million dollar ishlab topdi. Nashrning qayd etishicha, qo'shiqchi bunday natijaga ko'plab gastrol safarlari, ko'plab reklama shartnomalari sharofati bilan erishdi.
“Musiqa o'zgardi. Qo'shiq va albomlar tayyorlash — kasbimizning faqatgina bir qismi xolos”, - dedi Perri Forbes`ga bergan intervyusida.
Ikkinchi o'rinni, jurnal hisob-kitoblariga ko'ra, britaniyaning One Direction pop guruhi egalladi. Mazkur guruh bir yil davomida 130 million dollar daromad ko'rdi. Ulardan keyin esa amerikalik kantri ijrochisi Gart Bruks 90 millionlik daromadi bilan tilga olindi.
O'ntalikka Teylor Svift (80 million), The Eagles (73,5 million), Kelvin Xarris (66 million), Jastin Timberleyk (63,5 million), Diddy (60 million), Fleetwood Mac (59,5 million) va Ledi Gaga (59 million) ham kirdi.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 149
|