 Frantsiya bosh vaziri Benzemaning terma jamoadan chetlatilishini istamoqda
|
|
Frantsiya bosh vaziri Manuel Vals "Real" jamoasi hujumchisi Karim Benzemaning Valbuena bilan bog'liq mojarolari doirasida milliy terma jamoadan chetlatilishi borasidagi takliflarga qo'shilishini ma'lum qildi.
"Agar bu mojaro bosh vazir aralashadigan darajaga kelgan bo'lsa, u albatta chetlashtirilishi kerak. Terma jamoa futbolchilari ma'lum ma'noda Frantsiya xalqining jahondagi yuzi hisoblanishadi. Agar futbolchi o'zini nazorat qila olmasa, bunday futbolchiga terma jamoada o'rin yo'q", deydi Vals Le Figaro nashriga bergan intervyusida.
4 noyabr kuni Benzema Mate Valbuenaga nisbatan tama qilishda gumon qilinishi bilan bog'liq holdahibsga olingandi.
5 noyabr kuni unga nisbatan ayblov e'lon qilingan.
14 noyabr kuni Benzema Valbuenani shantaj qilishda ishtirok etganini tan oldi.
Shuningdek, Benzema tovlamachilik ishida aybdor deb topilsa, «Real» undan voz kechishi xabar qilingandi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 127
|