 Google Britaniyadagi xodimlarining maoshiga 725 million dollar sarfladi
|
|
2015 yilda Google kompaniyasining Britaniyadagi xodimlari maoshi uchun sarflagan mablag'lari miqdori 500 million funt (725 mln dollar)ni tashkil yetdi. Bu haqda The Daily Mail nashri kompaniya hisobotiga tayangan holda xabar qildi.
Qayd yetilishicha, Britaniyada kompaniyaning 2 ming nafar atrofida xodimlari faoliyat ko'rsatib, ularning 500 nafari 2015 yilning iyuniga qadar davr ichida ishga olindi.
Google xodimlarining o'rtacha yillik maoshi 160 ming funt (230 ming dollar)ni tashkil yetmoqda.
|
Категория: INTERNET yangiliklari| Просмотров: 112
|