 Google Glass monokl shaklini oladi
|
QShning patent va tovar belgilari bo'yicha tashkiloti Google kompaniyasi bergan yangi arizani ro'yxatdan o'tkazdi. Endi Google’ning “aqlli” ko'zoynaklari monokl shaklida bo'ladi, deb xabar bermoqdaTechcrunch nashri.
Ko'z sathida displeyni ushlovchi dasta egasining shaklini qaytara oladi va uni ushlab turadi. Shakl uchta pozitsiyada: chakka, quloq va ensa darajasida o'zgaradi.
Google joriy yil boshida Google Glass ko'zoynagini qayta ko'rib chiqish zarurligi tufayli sotishni to'xtatishini ma'lum qilgandi. Mart oyida kompaniya mahsulotni sotishning yangi yo'llarini qidirayotganini ma'lum qilgandi. Noyabrda esa Google kompaniyasi Project Aura doirasida birvarakayiga uchta taqib yuriluvchi qurilmalar, jumladan Google Glass ustida ish olib borayotgani ma'lum bo'lgandi.
|
Категория: XXI asr tehnologiyasi| Просмотров: 183
|