 Italiyada birinchi marta ikki juft egizaklar dunyoga keldi
|
|
Italiyada birinchi marta ikki juft bir tuxumli egizaklar dunyoga keldi, deb xabar bermoqda The Local nashri. Ta'kidlanishicha, bunday holat Italiyada, ehtimol butun Еvropada ham birinchi marta yuz berdi.
Egizaklarni dunyoga keltirgan Mari Antonetta ismli ayol va uning turmush o'rtog'i Andrea ikki o'g'il bola va ikki qiz bola egizaklarning ota-onasi bo'ldilar. Ayol ekstrakorporal urug'lantirish orqali homilador bo'lgan. Ekstrakorporal urug'lantirish sun'iy urug'lantirish usuli bo'lib, unda ayoldan tuxum olinib, u sun'iy usulda probirkada urug'lantiriladi. Hosil bo'lgan homila inkubatorda rivojlanish uchun 2-5 kun ushlab turiladi va shundan keyin kelgusi rivojlanishi uchun bachadon ichiga o'tkaziladi.
Juftlikka bir juft egizaklarni qoldirish tavsiya qilindi, biroq ular abort qilishni rad etishdi va Genuyadagi Jannin Gaslini instituti bolalar shifoxonasiga murojaat qilishdi.
Ayol homiladorligining 31-haftasida ko'zi yoridi.
Ayol homiladorligining 31 haftasida ko'zi yoridi. Egizaklar kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keldilar. Bolalarning vazni kichik bo'lganiga qaramasdan, ularning barchasi sog'lom tug'ilgan.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 199
|