 «Kadis» prezidenti: «Real» Ispaniya kubogidan chetlatilishini so'raymiz
|
|
"Kadis" klubi prezidenti Manuel Viskanio "Real" jamoasini Ispaniya Kubogidan chetlatish bo'yicha rasman ariza bilan murojaat qilishini haqida bildirdi.
"Klub "Real"ni Ispaniya kubogidan chetlatilishi borasida rasmiy murojaat qilishini tasdiqlayman", – degan klub prezidenti.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Kadis" o'rtasida kechgan uchrashuvda Denis Cherishev diskvalifikatsiyasi bor holda maydonga tushgan va gol urgan.
Rossiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Vilyarreal" tarkibida Ispaniya Kubogida ishtirok etganda ("Barselona"ga qarshi o'yinda - kun.uz izohi) uchinchi ogohlantirishini olgan va Kubokning bitta o'yinida ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lgandi. Bu chetlatish "Real"ga qaytgach ham o'z kuchini saqlab qolgan, ammo madridliklar uni "Kadis"ga qarshi maydonga tushirgan.
Madridliklar bosh murabbiyi Rafael Benites Cherishevning diskvalifikatsiyasi borligini bilishmagani, ularni hech kim bu haqda ogohlantirmagani haqida aytgan.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 172
|