Kia kompaniyasi Janubiy Koreyada boshqa davlatlar bozorlarida Cerato va Forte nomi bilan sotiluvchi yangilangan K3 sedanini namoyish qildi. Modelning tashqi ko'rinishi o'zgardi, jihozlari ro'yxati esa zamonaviy elektron yordamchilar bilan to'ldirildi.

Cerato’ning bosh yorug'lik chiroqlari shakli va yorug'lik-diodli chiroqlari o'rni, orqa chiroqlardagi yorug'lik texnikasi, radiator panjarasi va old bamper o'zgardi. Bundan tashqari, yangi besh spitsali g'ildirak disklari paydo bo'ldi.

Optsiyalar qatoriga ko'rilmas zonalarni monitoring qilish tizimi va avtoparkovkachi, harakat rejimini (Normal, Comfort, Sport i Eco) tanlash tizimi, ventilyatsiya va ko'rsatkichlarni eslab qolish funktsiyasiga ega o'rindiqlar, g'ildiraklarda bosimni nazorat qilish tizimi, elektroprivodli yukxona eshigi kiritildi.

Yangilangan modelda o'lchamlari kattalashtirilgan sensor ekranli multimedia tizimi qo'llandi. Avtomobil intererida old panelda tugmalar joylashishi, rul chambari shakli va uzatmalar qutisi dastagi dizayni o'zgardi.

K3 dvigatellar qatori Koreyada 1,6 litrli, 132 ot kuchiga ega atmosferali motor va 1,6 litrli, 128 ot kuchiga ega turbomotor bilan taqdim qilingan. Uzatmalar qutisi olti pog'onali “avtomat” shaklida.
Avtomobilning AQSh uchun chiqariladigan varianti – Kia Forte yanvarda Detroyt avtosalonida taqdim qilinadi. Modelning Еvropa uchun mo'ljallangan varianti qachon namoyish qilinishi hozircha noma'lum.







