"Lester"safarda "Manchester Siti" maydonidan g'alaba bilan qaytdi
Bugun Angliya Premer-ligasining 25-turi "Manchester Siti" va "Lester" klublari o'rtasidagi uchrashuv orqali boshlab berildi.
O'yinda mezbonlar 1:3 hisobida mag'lub bo'lishib, turnir jadvalidagi asosiy raqiblarini oldinga qo'yib yuborishdi.
Dastlab, o'yinning uchinchi daqiqasidayoq Robert Hut burchak zarbasidan so'ng "Lester"ni hisobda oldinga olib chiqdi 0:1.
Tanaffusga qadar Shmeyxel darvozasi daxlsiz qoldi.
Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalari ham "Lester"ning ustunligi ostida o'tdi va 48 daqiqada Riyod Maxrez o'z driblingi yevaziga raqib himoyachilarini aldab o'tib, to'pni Jo Hart qo'rqlayotgan darvoza to'riga joylab qo'ydi – 0:3.
60-daqiqaga kelib, "Lester" himoyachisi Robert Hut yana bir bor burchak zarbasidan so'ng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi 0:3.
Uchrashuvning 87 daqiqasida "Manchester Siti" Serxio Agueroning goli yevaziga yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
Endilikda, "Lester" o'z hisobidagi ochkolar sonini 53taga yetkazib olgan holda turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" hisobida yesa 47 ochkoligicha qoldi.