“Bir kuni biznikida mehmon bo'lgan xitoylik ayoldan bir qiziq maktub oldim. U Pekinda o'zining shaxsiy restoranini ochgani va menyuga o'zbek taomlarini kiritishni rejalashtirayotganligini bayon etgan edi. Milliy taomlarimizni tayyorlash bo'yicha bir haftalik mahorat darslarini o'tib berishni so'ragandi. Maktubga kunlik maxsus dastur ilova qilingan bo'lib, har bir kun muayyan taomga bag'ishlanadi: palov, chuchvara, do'lma, kabob va h.k”. Ayol tashrif buyurgan kun oldindan kelishib olganimizdek palov tayyorlashni boshladik. Jarayon va yakuniy natija unga shu qadar zavq bag'ishladiki, qolgan olti kun uchun u maxsus operator va qo'shimcha tarjimonni taklif etdi. Har bir detalni maksimal darajada yozib olishni istardi. Mehmon ketadigan kun mazkur taomlar rafiqam tomonidan tayyorlanganini aytganimda u dastlab ishonmadi. U shu kungacha professional oshpaz taklif etilganligiga ishonchi komil edi. Oradan biroz vaqt o'tdi. Men undan quyidagi mazmundagi navbatdagi maktubni oldim: “O'zbek taomlari mo''jizakor. Tashrif buyuruvchilar soni bir necha marotabaga ortdi. Bu bir mo''jiza!” – deya yodga olgan edi Toshkentdagi mehmonlarni kutib oluvchi markazlar rahbarlaridan biri.

Tan oling, istalgan vaqtda, istalgan joyda o'zbek milliy taomlarining betakror ta'midan bahramand bo'lish imkoniyatining mavjudligi - ulkan baxt. Shunday emasmi? U holda LG Electronics kompaniyasi va Caravan Group restoranlar tarmog'i tomonidan o'tkazilayotgan “O'zbek taomlarini yaxshi ko'raman” ijodiy tanlovida ishtirok etishga shoshiling. 4 dekabrdan 17 dekabrga qadar siz nafaqaqat o'zbek milliy taomlarining betakror ta'midan bahramand bo'lish, balki ishtahani ochadigan eng zo'r suratlar uchun qimmatbaho sovg'alar yutib olishingiz mumkin.

Tanlov shartlari oddiy:
- - o'zbek oshxonasiga mansub taomni suratga oling,
- - uni Facebook yoki Instagram’dagi shaxsiy sahifangizga joylashtiring,
- - suratga « @LGUzbekistan O'zbek taomlarini yaxshi ko'raman» degan nom bering,
- - va #LGG4Uz #LGKaravan xeshteglarini qo'ying.
Siz o'nta nominatsiyadan bittasi va bir nechtasida g'olibga aylanishingiz mumkin: Asosiy yutuq «Liker» (“layklarning” eng ko'p miqdori), “Еgulik bilan olingan eng ijodiy surat”, “Palovning eng yaxshi surati”, “O'zbek oshxonasi ishqibozlari”, “Eng yaxshi suratkash”, “Taom bilan olingan eng yaxshi selfi”, “Shirinlikxo'r”, “Taomlarni eng yaxshi bezatuvchi”, “O'zbek oshxonasining eng yaxshi dasturxoni” va «The best Share» (eng ko'p miqdorda qayta chop etilgan) nominatsiyasiga beriladi. Suratlar mobil kamera va fotoapparat yordamida suratga olinishi mumkin.
Tanlovga oid batafsil ma'lumotlar LG Uzbekistan’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasida:https://www.facebook.com/LGUzbekistan
Tanlovning asosiy sovrini – LG kompaniyasining eng yaxshi innovatsion smartfonlaridan biri - G4 Mini. Ushbu universal va barcha ilg'or funktsional bilan jihozlangan mazkur qurilma a'lo darajadagi sovg'aga aylanadi. 8 Mpli asosiy kamera va 5 Mpli old kamera, lazerli avtofokus, ISO sozlagichi va faqatgina professional va yarim professional fotoapparatlardagina mavjud bo'lgan tezlik, rangli spektr datchigi va ekranning istalgan qismiga bitta bosish yoki qo'lning harakati funktsiyasi – bularning bari fotohordig'ingizni haqiqiy rohatga aylantiradi.

Barchangizga yoqimli ishtaha, chiroyli suratlar va xushxabarli g'oliblik tilaymiz!