 «Liverpul» Kloppga tarkibni kuchaytirish uchun 170 mln evro ajratadi
|
|
«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp rahbariyatdan transferlarga sarflash uchun o'zi istagan mablag'ni oladi.
Calciomercatoweb nashrida ma'lum qilinishicha, rahbariyat germaniyalik mutaxassisga yangi futbolchilar olib kelishi uchun 170 million evro ajratadi.
O'z navbatida, unga yangi mavsumda Angliya chempionatida yoki ЕChLda g'olib bo'lish vazifasi qo'yiladi.
Biroz oldinroq, Klopp o'z jamoasiga "Portu"dan Kristian Teloni olib kelish niyatida ekani xabar qilingandi. Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan 24 yoshli futbolchining narxi 11 million funtga baholangan.
Shuningdek, Klopp yangi jamoasiga o'zining sobiq shogirdlari, hozirda "Bavariya" hujumchisi bo'lgan Robert Levandovskini hamda "Borussiya D" jamoasida o'ynashda davom etayotgan Per-Emerik Obameyangni taklif etishni maqsad qilgan. "Barselona"ning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Stegen ham uning qiziqishlari doirasida turibdi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 118
|