 Malayziyada internet orqali IShIDga xayrixohlik qilgan ayol 2,5 yilga qamaldi
|
|
Malayziya Oliy sudi ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali IShIDni qo'llab-quvvatlagan va targ'ib qilgan fuqaroga nisbatan 2,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda "Star" nashri xabar bergan.
Politsiya shu yilning aprelida 55 yoshli Aziza Yusufni hibsga olgandi. Undan kompyuter va mobil telefon musodara qilingan.
Tergovda aniqlanishicha, u Facebook ijtimoiy tarmog'ida 2ta sahifa yuritgan: biri o'z nomida, ikkinchisi qizi nomida.
U bu sahifalarga o'zining Suriyadagi IShID safiga borib qo'shilgan o'g'li haqida ma'lumotlar va suratlar joylashtirgan.
Bundan tashqari, unga IShIDni targ'ib qiluvchi ma'lumotlarni tarqatganlik aybi qo'yilgan.
Keyinroq ma'lum bo'lishicha, uning o'g'li, Abu Ubaydah laqabli jangari Suriyadagi janglar vaqtida o'ldirilgan.
Malayziyada biroz oldinroq, o'z telefonida IShID ramzi - qora bayroq tasvirini olib yurgan harbiy 7 oygaqamalgandi.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 176
|