 Markaziy Osiyodagi eng qadimiy ko'prik Qarshida joylashgan
|
XVI asrda Qarshida bunyod etilgan ko'prik Markaziy Osiyodagi eng qadimgi ko'priklardan birihisoblanadi. O'rta asrlarda vaziyat o'ta keskin bo'lgani uchun ko'priklar mutahkam bo'lishi uchun ularni g'ishtdan bunyod etishgan.
Bu haqda “O'zbekturizm” Milliy kompaniyasining Qashqadaryo viloyati vakili O'ktam Xo'jayorov ma'lum qiladi.
Uning so'zlariga ko'ra, shu davrda Qarshida bir necha tarixiy obidalar, Ko'kgumbaz jome' masjidi qurilgan. Ularning bir qanchasi hozirga qadar saqlanib turibdi.
“Daryo ustida qad rostlagan ushbu g'isht ko'prik keng va tor arkalarni birlashtirib turuvchi 12 mehrobdan iborat. Bu o'z navbatida anchayin murakkab muhandislik ishidir: ko'prikning uzunligi 122 metr, eni 8,2 metr, yo'l yuzasidan daryo tomon balandligi 5,35 metr. Har ikki tomondan tsilindr shaklidagi, diametri to'rt metrdan iborat minoralar qad rostlagan. Ularning quyi qismi to'g'ri geometrik shakldagi tosh plitalar, yuqori qismi esa pishiq g'ishtdan qurilgan”, dedi Xo'jayorov.
Yana uning ta'kidlashicha, eski ko'prik yo'llarni bog'lab turuvchi chorraha vazifasini ham o'tagan.
|
Категория: Yurtimiz yangiliklari| Просмотров: 191
|