“Yaponiyaning yil avtomobili” (Japan Car of The Year, JCOTY) tanlovi tashkilotchilari jurnalistlar va ekspertlar o'rtasida ovoz berish natijalariga yakun yasab, 2015 yilning eng yaxshi avtomobil modelini aniqlashdi. Ketma-ket ikkinchi yil 1-o'ringa Mazda kompaniyasi loyiq deb topildi. Kompaniyaning yangi avloddagi MX-5 rodsteri yil avtomobili deb topildi.
Tanlovning final bosqichida g'labaga yana 9 ta model da'vogarlik qildi. Bular: Suzuki Alto, Subaru Outback/Legacy, Toyota Senta, Nissan X-Trail, Honda S660, BMW 2-Series Active Tourer, Jaguar XE, Fiat 500X i Tesla Model S P85D.
Dastlab ushbu tanlovga 45 ta model: 24 ta yapon, 18 ta evropa va 3 ta amerika modeli qo'yilgandi.
Tanlov hakamlar hay'ati 60 kishidan tashkil topdi. Har bir mashinaga 1 balldan 10 ballgacha baho berildi. Natijada tanlov g'olibi Mazda MX-5 442 ball yig'di, 2-o'rinni egallagan “Xonda” S660 – 401 ball, 3-o'rinni egallagan BMW 2-Series Active Tourer 177 ball to'pladi. Yuqori o'ntalikdagi oxirgi o'rinni Nissan X-Trail modeli egalladi.
O'tgan yili tanlovda 1-o'ringa Mazda2 xetchbeki loyiq deb topilgan edi. 2013 yilda esa Yaponiyada yil avtomobili nomiga Volkswagen Golf sazovor bo'lgandi. Bu holat 34 yil ichida birinchi marta Yaponiyada xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil yil avtomobili deb topilgan birinchi holat bo'lgandi.