 Meril Strip 66-Berlin kinofestivali hakamlar hay'atiga rahbarlik qiladi
|
Aktrisa Meril Strip 66-Berlin kinofestivali hakamlar hay'atiga rahbarlik qiladi. Mazkur festival 2016 yilning 11-21 fevral kunlari bo'lib o'tadi, deb yozadi The Hollywood Reporter nashri.
«O'zining uzoq yillik kinodagi faoliyatida davomida ilk marta Meril Strip mazkur kinofestival hakamlariga raislik qiladi», — deya qayd etib o'tishgan tashkilotchilar.
Uch marotaba «Oskar» va sakkiz marotaba «Oltin globus» mukofotlari sohibasi sanalidigan Meril Strip mazkur kinofestivalda bir necha marotaba mehmon sifatida ishtirok etgan, 2012 yilda faxriy mukofot bilan taqdirlangandi.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlab o'tish joiz, o'tgan safargi Berlin kinofestivalida hakamlar hay'atiga raislik qilish Darren Aronofskiga ishonib topshirilgandi.
|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 142
|