 Messining "xet-trigi" "Barselona"ning yirik g'alabasini ta'minladi (Video)
|
|
Ispaniya chempionati 19-turiga start berildi.
Turning dastlabki bahsida "Barselona" o'z maydonida "Granada"ni qabul qilib, 4:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritdi. "Kataloniyaliklar" etakchisi Lionel Messi mazkur o'yinda "xet-trik" qayd etgan bo'lsa, yana bitta golni Neymar o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Mazkur g'alabadan so'ng "ko'k-anorlilar" ochkolar sonini 42 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib olishdi. "Granada" 17 ochko bilan 17-o'rinda qolib ketdi.
"Barselona" – "Granada" - 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: Messi (8, 14, 58) – Neymar (83)
Ogohlantirishlar: Rochina (29), Mendes (56), Lomban (57), Doriya (60), Aleish Vidal (63)
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 148
|