 MYu ChL yarim finaliga chiqqan taqdirda van Gal bilan shartnomani uzaytiradi
|
|
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Chempionlar Ligasining yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan yoki mavsum yakunlariga ko'ra biror sovrin yutgan taqdirda bosh murabbiy Lui van Gal bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Klub vakillari niderlandiyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, unga quyidagi uch shartdan birini bajarish talabi qo'yilgan: agar jamoa 21-marta APLda chempion bo'lsa, biror-bir boshqa sovrinni qo'lga kiritsa yoki ChL yarim finaliga chiqsa.
Ana shundagina amaldagi shartnoma uzaytiriladi. Aks holda van Gal 2017 yil yozida, shartnomasi tugashi bilan klubni tark etishi lozim bo'ladi.
Van Gal MYu bilan 2014 yil mayida shartnoma imzolagan edi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 113
|