1


Sho'rdanak - Robot Sho'rdanak - Robot
Sho'rdanak - Santehnik Sho'rdanak - Santehnik
Sho'rdanak - Suvga o'tirish Sho'rdanak - Suvga...
Sho'rdanak - Vasiyat noma Sho'rdanak - Vasiy...
Sho'rdanak - Uy savdosi Sho'rdanak - Uy savdosi
Sho'rdanak - Jin po'stin va 40-qaroqchi Sho'rdanak - Jin p...


Меню
Мега Музыка
Oпрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 14
Фотоалбом
Сундтреки
. Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtrack)
. O'rik Novdasi - The Red Shadow (soundtrack)
. Devona - Teri Ummed Tera Intezar
. Devona - Teri Isi Adaa Pe Sanam
. Devona - Tere Dard
. Devona - Sochenge Tumhe
. Devona - Payaliya
. Devona - Koi Na Koi Chahiye
. Devona - Aisi Deewangi
. O'rik Novdasi - Wanderer In The Dark (Soundtrack)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan (Guitar Version)
. Bir Muxabbat Tarixi - Mere Nishan
. Shah Rukh Khan ft. Kajol - Janam Janam (OST Dilwale)
. Muhabbat Tafti - Teri Meri (Soundtrek)
. Nilufar Usmonova - Bevafo (OST Demak Sevasan)
Noutbuk sotib olayotganda nimalarga ye'tibor berish kerak?
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 150
poster

Noutbuk sotib olishga qaror qilib magazinga yo'l oldingiz. Yo'l-yo'lakay cho'ntagingizdagi pulingizga yarasha noutbuk xarid qilish haqida o'ylab ketar yekansiz, uni tanlashda quyidagi jihatlarga ye'tibor qaratish lozimligini yodda tuting.

Operatsion tizim

Noutbuk xarid qilayotganda birinchi navbatda operatsion tizimni aniqlab olish darkor. Oldingizda 4,5ta variant bo'lib, yarimta variant – “Linux”ni ro'yxatdan chiqarib yuborsangiz ham bo'ladi. Qolgan variantlar yesa quyidagilar:

“Apple MacOS”. Faqat “Apple” noutbuklariga o'rnatiladi. Ular “Windows” tizimi o'rnatilga kompyuterlardan har doim qimmat yuradi. Agar ilgari “MacOS” bilan ishlamagan bo'lsangiz, uni o'zlashtirguningizcha muammolarga duch kelishingiz mumkin.

“Microsoft Windows”. Bu yerda hammasi tushunarli, u har qanday foydalanuvchi uchun yeng xavfsiz variant. Agarda “Windows 8.1” o'rnatilgan noutbuk sotib olsangiz, uni “Windows 10” tizimiga yangilashingiz mumkin.

“Google Chrome OS” — agar sizga “Google” brauzeri va servislaridan boshqa narsa kerak bo'lmasa, uni tanlashingiz mumkin. “Windows”li kompyuterlarga nisbatan arzon turadi.

Va nihoyat, butunlay operatsion tizim o'rnatilmagan, aniqrog'i “MS DOS”li noutbuk. Bunday noutbuklar arzon turadi, lekin unga “Windows”ni o'zingiz o'rnatishingiz lozim bo'ladi.

Ekran o'lchami

Keyingi muhim jihat yekran o'lchami yoki displey diagonali bo'lib, u dyuymlarda belgilanadi. Bu holatda noutbukni qanday maqsadda sotib olayotganingiz muhim. Agarda uni doimo yoningizda olib yurishni istasangiz, 13 dyuymdan katta noutbuklar o'ta katta, og'ir va noqulay sanaladi. Agar noutbuk ko'pincha stol ustida turadigan bo'lsa, 15 dyuymli va undan katta noutbuklarga ye'tibor qaratishingiz mumkin. Yekrani qancha katta bo'lsa, noutbuk shunchalik og'ir bo'ladi va akkumulyator quvvati oz vaqtga yetadi.

Shuningdek, yekran qoplamasiga ham ye'tibor bering. Noutbuklar yekrani “ko'zgu”li yoki jilosiz bo'ladi. Ko'zguli yekranda o'zingizni bemalol ko'rishingiz mumkin, jilosiz yekranda yesa quyosh nuri tushib turganda ham yekrandagi narsalarni ko'ra olasiz. Jilosiz yekranli noutbuklar qimmat turadi. 

Protsessor, operativ xotira, bo'sh joy, videokarta

Zamonaviy komyuterlarning texnik xususiyatlarini solishtirish qiyin. Lekin quyidagilarni bilish foydadan xoli yemas.

Protsessor (CPU)ning chastotasi qanchalik katta va yadrolari soni qancha ko'p bo'lsa, u tezroq ishlaydi, qimmatroq bo'ladi. Lekin protsessorning turi va chastotasi "og'ir" grafikali o'yinlar yoki videotasvirlarni qayta ishlagan vaqtdagina ahamiyat kasb yetadi. Kundalik yehtiyoj uchun hozirgi har qanday zamonaviy protsessorning quvvati yetadi.

RAM — operativ xotira, uni diskdagi joy bilan adashtirmaslik lozim. U gigabaytlarda o'lchanadi (GB) va noutbuklarda 2 dan 16 gacha bo'ladi, ba'zida 32 gigabaytlilari ham uchraydi. Operativ xotirasi 8 gigabaytdan yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki o'ta zamonaviy o'yinlarni o'ynaydiganlar uchungina kerak bo'ladi. Xotirasi 4 gigabaytdan past noutbuklarni yesa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Yeng yaxshi variant 4 GB operativ xotiraga yega noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy o'yinlarni o'ynash niyatida bo'lsangiz, 8 GB xotirali noutbukni tanlang.

Bo'sh joy gigabayt yoki terabaytlarda o'lchanadi. Agar noutbukingizni turli kino va o'yinlar bilan to'ldirmaydigan bo'lsangiz, sizga 1 terabayt bo'sh joyi bor noutbuk yetadi. Bo'sh joyi 512 gigabayt (GB)dan kam noutbuklar noqulay hisoblanadi. Ko'pincha biror narsa o'rnatish uchun uning xotirasidan nimanidir o'chirib turishga to'g'ri keladi.

Noutbuklarda videokarta o'rnatilgan holatda bo'lib, u oddiy ishlarni bajarish uchun kifoya qiladi. Lekin og'ir o'yinlar va videofayllarni qayta ishlash uchun kamida 2GB xotirali alohida videokarta kerak bo'ladi.

Akkumulyator, qo'shimcha imkoniyatlar, vazn, narx

Agar siz kam o'tiradigan bo'lsangiz va akkumulyatorni bir marta quvvatlantirib uzoqroq yurishni istasangiz, bu jihatga ham ye'tibor qarating.

Agar noutbukingizni monitorga ulashni rejalashtirgan bo'lsangiz, unda kerakli tirqish borligiga ishonch hosil qiling. Agar to'laqonli klaviatura va raqamli klaviatura kerak bo'lsa, ularning mavjudligini tekshirib oling. Noutbukda o'rnatilgan modem bo'lishini, USB-portlar soni ko'p bo'lishini yoki yana qo'shimcha imkoniyatlari xohlasangiz, sotib olishdan oldin ularning barchasi majudligiga ye'tibor qarating.

Noutbukning vazni ham muhim ahamiyatga yega. Agar noutbukni yoningizda olib yuradigan bo'lsangiz, bu omilni ham ye'tibordan qochirmang.

Va nihoyat, narx. Narh ham muhim ahamiyatga yega, lekin "ikkita bir xil" modeldagi noutbukdan birini tanlashda 10-20 dollar farqi uchun arzoni yoki qimmatiga ye'tibor qilmang, ularning texnik ko'rsatkichlarini ko'zdan kechiring.

Va albatta, noutbukni hech qachon tashqi ko'rinishiga qarab tanlamang! U sizga zargarlik buyumi yoki tunchiroq yemas, undan doimiy ravishda foydalanasiz.

Профил
Новости сайта





Мини-Чат
Самое Популярное
. Botir Qodirov - Yig'latur
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latur
. Farrux Xamrayev - Sog'indim
. Clubhunter - Never Stop (Radio Edit)
. Inna - Love Yourself
. Jonn Hart ft. 50 Cent ft. Kid Ink - New Chick
. Kristina Si - Не Обижай Меня
. Sardor Rahimxon - Malikam (Remix)
. Shahriyor - Amaki
. Gulasal - Sabo Keltir
На сайте
Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0