 Nukusda Janubiy Koreyadan keltirilgan tez yordam mashinalari ishga tushdi
|
|
Shu kunlarda Koreya Respublikasi xalqaro jamg'armasi (KOFIN) xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurib, U. Holmurotov nomli Respublika ko'p ixtisosli tibbiy markazga Hyundai rusumli 4 dona tez tibbiy yordam mashinasi va 14 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-anjomlarni taqdim etdi.
“Pravda Vostoka” nashrining yozishicha, bu voqeaga bag'ishlangan marosimda chiqish qilgan koreyalik hamkorlar va Qoraqalpog'iston sog'liqni saqlash xodimlari mazkur xayrli ish hududda aholiga xizmat ko'rsatish darajasining oshishiga ishonch bildirishgan.
|
Категория: Yurtimiz yangiliklari| Просмотров: 103
|