O'zbekistonda antibiotiklarga chidamlilikni tadqiq etish markazi tashkil etiladi. Bu haqda respublika sog'liqni saqlash vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya va infektsion xastaliklar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdurashid Abdushukurov bayonot berdi.
Uning so'zlariga qaraganda, yangi markaz antibiotiklardan foydalanish samaradorligi borasida axborot almashinish amalga oshiradi, shuningdek, aholini antibiotiklardan me'yorida foydalanish borasida boxabar qilib boradi.
“Oxirgi o'n yilliklarda qo'zg'atuvchilarning antibiotiklarga chidamliligi shakllanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu vabo va boshqa turdagi xavfli infektsion xastaliklarning qaytishiga olib kelishi mumkin”, - dedi Abdushukurov jurnalistlarga.
Uning ma'lum qilishicha, bunday markazning tashkil qilinishida Rossiya, AQSh va Germaniyaning ishtiroki Toshkentda o'tgan aksilmikrob rezistentligi muammolari bo'yicha xalqaro konferentsiya chog'ida muhokama qilingan.
“Еvropa va Osiyoda migratsion jarayonlarning faollashuvi sharoitlarida infektsiya tarqalishi zonasining kengayishi xavfi bor”, - uning so'zlarini keltiradi Sputnik agentligi.