 O'zbekistonliklar "O'zbekistonning etti mo''jizasi"ni aniqlashadi
|
|
"O'zbekistonning etti mo''jizasi"ni aniqlash uchun tashkil qilingan aktsiyaning final bosqichi boshlandi. Ushbu aktsiya orqali O'zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik ob'ektlariga ovoz berlib, 7ta g'olib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.
"Ushbu aktsiya nafaqat O'zbekistonning diqqatga sazovor joylarini ommalashtirish, balki mamlakatning madaniy merosi bilan tanishtirish orqali fuqarolarning dunyoqarashini kengaytirishga ham qaratilgan", deyiladi portal xabarida.
Ovoz berish jarayoni ZiyoNET ta'lim portalining "O'zbekistonning madaniy merosi" bo'limidao'tkaziladi. Internet foydalanuvchilari portalga kirib, o'zlariga yoqqan madaniy, tarixiy yoki tabiat ob'ektlarini tanlab, unga ovoz berishi mumkin.
Ovoz berish yil oxirigacha davom etadi va eng ko'p ovoz to'plagan ob'ektlar O'zbekistonning etti mo''jizasi ro'yxatiga kiritiladi.
Ushbu aktsiyada jami 374ta ob'ektga ovoz beriladi.
Ayni vaqtda eng ko'p ovozlar Xorazm viloyatidagi Oq machit obidasiga berilgan. Shuningdek, O'zbekiston mo''jizasi deb nom olish huquqiga ega bo'lish imkoniyati Nukusdagi Savitskiy muzey va Samarqanddagi Registon maydonida nisbatan yaxshiroq bo'lib turibdi.
|
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 171
|