 Olimlar bir kunda 8 soat uxlash foydaliligi haqidagi fikrni rad etdi
|
|
Tadqiqotchilar texnologiyalarning rivojlanishi urf-odat va maishiy hayotiga ta’sir o‘tkazmagan tub aholi va qabilalar (Tanzaniya, Boliviya, Namibiyadagi) bioritmlarini taxminan uch yil davomida kuzatish orqali shunday xulosaga kelgan. “Ovchi-termachilar” vakillari kuniga 6,5 soat yoki undan kamroq uxlashi ma’lum bo‘ldi. Ularda quyosh botishi bilan uxlashga yotish odati kuzatilmadi.
Qorong‘i tushgach, odamlar ko‘pincha taom tayyorlashga kirishgan, o‘zaro to‘planib, keyingi kun uchun vazifa va rejalarni muhokama qilgan. Shuningdek, eksperiment ishtirokchilarida kun davomida uxlashga moyillik ham qayd etilmadi.
Tadqiqot odamlar zamonaviy texnologiyalar tufayli kam uxlashi haqidagi stereotipni yo‘qqa chiqardi. Uzoqroq vaqt uxlash odati ilmiy-texnik progressning rivojlanishi oqibatida paydo bo‘lgani ta’kidlandi.
|
Категория: Qiziqarli| Просмотров: 303
|