Olmaotada 78 pensioner ikki nafar — 10 va 7 yashar voyaga etmagan bolani tarbiyalamoqda. Uning rafiqasi Xapas Brankulovning yosh xotini erini bir o'g'il va bir qizi bilan tashlab ketadi va ularning hayotida qaytib ko'rinmaydi. Bu haqda “Vremya” xabar bermoqda.
Xapas qizi Karligash va o'g'li Oljas bilan bir xonali uyda yashaydi. U umr bo'yi fotosuratchi bo'lib mehnat qilgan. Uning rafiqasi bilan nikohi ikkinchisi va judayam g'aroyibi bo'lgan.
11 yil oldin u o'zidan deyarli yarim asr kichik qizni juda qattiq sevib qoladi. Qiz erkakka ikki nafar bola tug'ib beradi va shundan so'ng ketib qoladi. Uning qaerda yashayotgani hech kimga ma'lum emas, anig'i u yana bir bolani dunyoga keltirgan ekan.
Barnkulovlarnikiga jurnalistlar kelganida ular qor boboga xat yozishdi. Ularning har ikkisi onasi yo'qligini yozishdi. Ammo qor bobodan ona so'rashmadi, aksincha, qizcha chiroyli ko'ylak, ukasi esa pult yordamida boshqariladigan mashina so'radi.
Karligash va Oljas tejamkorlik qilish zarurligini yaxshi bilishadi. Chunki oila otaning 70 ming tengesi evaziga kun ko'radi. Xapas bu pullarni barcha narsaga etkazishga harakat qiladi: kommunal to'lovlar qiladi, oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladi, ammo pullarni ro'zg'orga doim ham etkaza olmaydi.
Pensioner qo'shimcha to'lovlar haqida surishtirib ko'rgan, ammo iloji bo'lmagan. Chunki Qozog'iston qonunchiligida 70 ming tenge bir oyga uch kishiga etadi, deb belgilab qo'yilgan. Faqatgina qo'shimcha imtiyozlar sifatida 13 ming tenge qo'shili mumkin. bu ham doim emas.
Ammo saxovatpesha insonlar va tashkilotlar bu oilaga o'z yordamini ayashmaydi. Ularga har tomonlama yordam ko'rsatishga harakat qilishadi.