Qozog'istonning Pavlodar shahrida yashovchi 59 yoshli Еkaterina Yatsenko mehribonlik uylaridan 4 nafar bolani boqib olgan, 9 nafar bola uning oilasida vasiylik ostida va yana 7 nafar bola patronatlik asosida tarbiyalanmoqda, deb xabar bermoqda viloyat ta'lim boshqarmasi rahbari o'rinbosari Sayana Mukanovaga iqtibos keltirgan holda Pavlodarnews.kz nashri.
Еkaterina Yatsenko texnikumni bitirishi bilanoq turmushga chiqqan. Ikki yilda keyin u birinchi qizi Ninani, yana ikki yildan keyin Nadejdani va yana uch yildan keyin, ya'ni 1984 yilda kenja qizi Polinani dunyoga keltirgan.

Ayol 1995 yilda dastlab mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Ivan ismli bolani boqib olgan. So'ngra u yana 3 nafar o'g'il bolani: 2001 yilda Vladislavni, 2004 yilda Aleksandrni, 2006 yilda Ruslanni boqib olgan.
“Men o'zim onasiz katta bo'lganim uchun mehribonlik uyidan bolalarni boqib olishga qaror qildim. Onam erta o'tib ketgan, otam boshqa oilasi bilan yashagan. Meni buvim va xolam voyaga etkazgan”, demoqda ayol.
Ta'lim boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, patronat tarbiyalash 2004 yilda rivojlana boshlagan. Shu yili Yatsenko ta'lim boshqarmasida rasmiy patronat tarbiyalovchisiga aylangan.
“Еkaterina Aleksandrovna oilasi bir necha avlod etimlarini oyoqqa turg'azgan. Еkaterina Aleksandrovna tarbiyalanuvchilaridan biri nogiron bo'lib, u maxsus parvarishga muhtoj”, deb aytmoqda Sayan Mukanov.
Ta'lim boshqarmasida ma'lum qilinganidek, ayni paytda ayolning vasiylik va patronati ostida quyidagi bolalar tarbiyalanmoqda: hozirda Qarag'anda davlat universitetida tahsil olayotgan Arina Qodirbekova, Artyom Reyn, Svetlana va Artyom Gritsenko, Ivan Shabaev, Almas Mukataev, Denis Stroganov, Rustam, Kanag'at va Еrg'anat Sakauovlar, Vladislav, Aleksandr, Andrey, Еkaterina va Zarina Yarmolyuk hamda Еrjan Shulembaev.