 Porsche kompaniyasi elektr superkar chiqarilishini rasman tasdiqladi
|
|
Porsche kompaniyasi Mission E elektr kontsept-karlar seriyasi chiqarilishini rasmiy tasdiqladi. Loyihani moliyalashda 700 mln evro sarflanadi, shu bois avtomobil 2020 yilda chiqariladi.
Mission E prototipi joriy yilning sentyabr oyida Frankfurtda o'tkazilgan motorshouda namoyish etilgan edi. To'rt eshikli kontsept ikkita elektromotor bilan ta'minlangan bo'lib, 100 km li tezlikka 3,5 soniyada chiqa oladi. Soatiga 200 kilometrli tezlikka esa 12 soniyada erishadi.
Mission E quvvatsiz holda 500 kilometr masofani bosib o'ta oladi.
Avtomobilning texnik yangiliklari borasida hech qanday ma'lumot mavjud emas.








|
Категория: Avtomobil olami| Просмотров: 135
|