 Qirg'izistonda qarish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqiladi
|
|
Qirg'iziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Qudaybergen Bazarbaev BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti ijtimoiy siyosat va rivojlanish bo'limi boshlig'i Oleg Seryojin bilan qarish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda Qirg'iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
“Bugun dunyoda ikkita dolzarb mavzu bor – qarish va imkoniyatlari cheklangan shaxslar. Odamlar uzoqroq yashay boshladi, hayot sifati – mehnat shartlari, dam olish shartlari ham o'zgardi. Qarish ayniqsa demografik o'sish kuzatilmayotgan ko'p davlatlar uchun chinakam tahdidga aylandi”, - ta'kidladi Seryojin.
Vazirning so'zlariga qaraganda, dasturni ishlab chiqish maqsadida idoralararo komissiya yaratilgan. Ular tez kunda BMTdagi hamkasblari ko'magida ish boshlaydi.
|
Категория: Dunyo yangiliklari| Просмотров: 97
|