 Rayhonning konsertiga start berildi(Foto)
|
23 fevral kuni “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Rayhon G`anievaning besh kun davom etadigan shou-konsert dasturi boshlandi.
“Shov-shuv”sayti konsert dasturidan fotoreportaj tayyorladi. Nashrning ma`lum qilishicha, bu yilgi konsert xonanda ijodidagi 13-konsert hisoblanadi.
Birinchi blokda Rayhon Kleopatra ko`rinishida namoyon bo`ldi. Fir`avnlar, Kleopatra taxti, mumiyalar raqsi hamohangligida xonanda “Sening sevging” qo`shig`ini ijro etdi.
Keyingi bloklarni esa nashr shartli ravishda “London ilhomlari”, “O`zbek”, “Qora shlyapali xonim”, “Braziliyaning qizil hislari” deya nomladi.
Rayhon konsertining birinchi kuni kutilmagan sahnalarga, o`ziga xos dekorasiyalarga boy tarzda o`tgan.

|
Категория: Shou-Biznes yangiliklari| Просмотров: 372
|