 Ronaldu Monte-Karloda 140 mln yevroga mehmonxona sotib oldi
|
|
«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z mablag'ini ko'chmas mulkka tikishda davom yetmoqda.
Marca nashrida yozilishicha, portugaliyalik futbolchi Monte-Karloning yeng mashhur joyidagi mehmonxonalardan birini xarid qilgan.
Ronaldu mazkur mehmonxonani italiyalik tadbirkor Alessandro Protodan 140 million yevroga sotib olgani aytilgan.
O'tgan yilning avgustida Ronaldu Nyu-Yorkda joylashgan «Tramp-tauer» binosidagi loftni 18,5 million dollarga sotib olgan yedi.
Dekabrda u Pestana Hotel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda CR7 nomli 4ta mehmonxona ochishi haqida xabar berilgan yedi.
Yangi yilning birinchi kunida Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin shohona hayot kechirmoqchi yekanini aytib o'tgandi.
|
Категория: Sport yangiliklari| Просмотров: 176
|